“Qoʻngʻirot — Miskin — Qoʻngʻirot” yoʻnalishida shaharlararo yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

17:10 10 Avgust 2022 Jamiyat
376 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Miskin, Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa tumanlari aholisiga yanada koʻproq temir yoʻl xizmatlarini koʻrsatish maqsadida, 2022-yil 10-avgust kunidan boshlab 2 ta vagondan iborat shaharlararo yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu vagonlar 54/5Z-sonli “Toshkent — Qoʻngʻirot — Toshkent” yoʻlovchi poyezdi harakatlanadigan kunlari 35, 36-umumiy tartib raqam bilan poyezd tarkibida harakatlanadi.

Jumladan, 2022-yilning 10-avgust kunidan boshlab 53-sonli “Qoʻngʻirot — Toshkent” yoʻlovchi poyezdining oxirgi qismiga vagonlar ulanadi va Qoʻngʻirot bekatidan Miskin bekatigacha harakatlanadi va shu kuni Miskin bekatida uziladi.

2022-yilning 11-avgust kunidan boshlab esa 54-sonli “Toshkent — Qoʻngʻirot” yoʻlovchi poyezdining oxirgi qismiga vagonlar ulanib, Miskin bekatidan Qoʻngʻirot bekatigacha harakatlanadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?