Qon tomirlari boʻylab harakatlanuvchi mitti robot yaratildi

18:54 24 Sentyabr 2022 Dunyo
954 0

Foto: Illustrativ foto

Aksariyat xastaliklarni dori-darmonsiz davolash mushkul. Ayniqsa, ogʻriqlar zoʻrayganda kuchli preparatlarni qabul qilishga majburmiz. Ammo kimyoviy tarkibga ega bunday malhamlar bir tomondan dardimizni yengillatsa, boshqa tarafdan tanamizning sogʻlom aʼzosiga ziyon yetkazishi tabiiy.

Bu holat tayvanlik olimlarning yangi tadqiqoti uchun asos boʻldi. Ular farmatsevtik mahsulotlarning nojoʻya taʼsirlarini bartaraf etish maqsadida izlanishlar olib bordi. Yakunda dori vositalarini organizmning zarur nuqtalariga yetkazib bera oladigan mitti robot yaratildi.

Innovatsion qurilmaning uzunligi bir santimetrdan ham kichikroq. U nojoʻya taʼsirga ega dori vositalarini toʻgʻridan-toʻgʻri kasallik oʻchogʻiga yetkazishga moslashtirilgan.

Yangi ixtiro magnit nanozarrachalaridan iborat. U qon tomirlari orqali harakatlanib, shaklini oʻzgartirishi, qolaversa, zarur pallada boʻlinib, yana bir butunga birlashishi mumkin.

Olimlar xulosasiga koʻra, mitti robotning xossalari davolash va tibbiy diagnostikada qoʻl keladi. Xususan, dori-darmonlarni organizmga maqsadli yetkazib berishda katta natija beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?