Qoʻmondon harbiy okrugdagi faoliyatini bolalar uyiga tashrifdan boshladi

Prezidentimiz farmoyishiga asosan Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimiga yangi tayinlangan polkovnik Farhodjon Shermatov harbiy okrugdagi faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh tumanidagi Bolalar uyiga tashrifdan boshladi. Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganlarga koʻmak berish, xayru saxovat, mehr-muruvvat koʻrsatish qoraqalpoq va oʻzbek xalqlariga xos boʻlgan olijanob insoniy fazilatlardan sanaladi.
Harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni bolajonlarni oq yuvib, oq tarab, hech kimdan kam qilmay kamolga yetkazayotgan Bolalar uyi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. Harbiy xizmatchilar ushbu dargohga har doim koʻmak berishga tayyor ekanini taʼkidladi.
Qoʻmondonning ushbu muassasaga tashrifi kichik bayram konsertiga ulanib ketdi. Bolalar oʻzlarining musiqiy chiqishlari bilan mehmonlarni olqishladi. Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazining harbiy orkestri jamoasi tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy va qoʻshiqlar, shoʻx-shodon navolar barchani oʻyinga chorladi.
Arxiv maʼlumotlariga koʻra Bolalar uyiga 1944-yilda Nukus shahrida asos solingan. 1952-yilda esa muassasa Taxiatosh shahriga koʻchirilgan. Bolalar uyi asosan psixofiziologik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, davolash-sogʻlomlashtirish muassasasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Bolalar uyida 6 yoshgacha boʻlgan 30 nafar tarbiyalanuvchi yetakchi mutaxassislar koʻmagida voyaga yetmoqda.
Harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalari mehrga muhtoj qalb egalarining kayfiyatini koʻtarib, ularning quvonchiga yana-da quvonch baxsh etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring