Qoʻmita raisiga 1 ta “Mersedes” avtotransport vositasi biriktirilgan — Ekoqoʻmita

12:25 14 Avgust 2022 Jamiyat
588 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim asossiz xabarlarga nisbatan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Qoʻmita rahbariyati xizmat avtomashinalaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib-qoidalarga asosan foydalanib kelmoqda. Qoʻmita raisiga 1 ta “Mersedes” avtotransport vositasi biriktirilgan. Shuningdek, zarur hollarda xizmat vazifasini oʻtash davomida olis va chekka hududlarga xizmat safari vaqtida yoqilgʻi xarajatlarini tejash maqsadida texnik koʻmak mablagʻlari hisobidan xarid qilingan navbatchi elektromobil ishlatilishi mumkin.

Shu bilan birga, shuni maʼlum qilamizki, joriy yilning oʻtgan davrida Qoʻmitaning barcha hududiy boʻlinmalari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarining olis va chekka hududlarida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida 40 dan ortiq avtotransport vositalari («Niva», elektromobil, “Damas”) xorijiy hamkorlarning texnik koʻmak mablagʻlari hisobidan xarid qilindi. Taʼkidlash lozimki, ushbu avtotransport vositalari xaridi uchun byudjet mablagʻlari umuman sarf qilinmagan.

Fursatdan foydalanib, Davlat ekologiya qoʻmitasi shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon, asoslanmagan axborotni tarqatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida tegishli javobgarlik normalari belgilanganligini eslatib oʻtamiz, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?