Qoʻmita majlisida bir qator qonunlar qizgʻin muhokama qilindi

19:29 25 Sentyabr 2023 Siyosat
364 0

2023-yil 25-sentabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining majlisida navbatdagi yalpi majlisda koʻrib chiqilishi rejalashatirilayotgan bir qator qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar masʼul xodimlari, mahalliy Kengashlar kotibiyatlari rahbarlari, ekspert va mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda Qoʻmita aʼzolari tomonidan “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunni koʻrib chiqishda pedagoglarning huquq va majburiyatlarini, ular faoliyatining asosiy kafolatlari, pedagoglarning oʻz kasbiy faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni, ularga munosib ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, oʻqituvchining shaʼni va qadr-qimmati, shuningdek, ishchanlik obroʻsini himoya qilishni belgilab beruvchi meʼyorlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlanganidek, mazkur Qonunda pedagogni har qanday shaklda maʼmuriy tarzda majburlashga, ularning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmasligi aniq belgilangan.

Shuningdek, senatorlar yer munosabatlari, farmatsevtika sanoati sohasidagi faoliyatni takomillashtirish, respublikaning Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan qonunlarni ham koʻrib chiqdilar.

Muhokama yakunlari boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер