Qoʻmita “Haj — 2020” mavsumida turli firibgarlik holatlari haqida ogohlantirdi

14:59 12 Iyul 2020 Jamiyat
348 0

Ijtimoiy tarmoqlarda «Saudiya Arabistoni Hajga roʻyxatdan oʻtkazishni boshladi» sarlavhasida tarqatilgan xabar boʻyicha Din ishlari boʻyicha qoʻmita rasmiy munosabat bildirdi.

“Eʼtibor bering!!! Saudiya Arabistoni hukumati qarori bilan bu yilgi Haj mavsumi faqat Saudiya Arabistoni fuqarolari va Saudiya ichida yashayotgan chet el fuqarolari uchun cheklangan miqdorda tashkil etilmoqda.

Xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar bu yil qabul qilinmaydi.

Saudiya Arabistoniga xalqaro aviareyslar toʻxtatilgan.

“Haj — 2020” mavsumiga onlayn roʻyxatdan oʻtish faqat Saudiya aholisi va Saudiyada boʻlib turgan chet el fuqarolari uchun tashkil etilmoqda.

Turli firibgarlik holatlaridan ogoh boʻling.

haj va umra masalasi boʻyicha tekshirilgan va ishonchli xabarlarni din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlaridan olishingiz mumkin” deyiladi qoʻmita xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?