Qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari fosh etildi

Bojxona organlari tomonidan qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyish va shunday faoliyat bilan shugʻullanuvchi yashirin sexlarni fosh etish borasida ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan viloyat Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oldindan olingan tezkor maʼlumotga asosan Urganch tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Natijada, fuqaro R.Sh qoʻlbola usulda tayyorlangan 0,45 litrlik hajmli 240 shisha “Qarataw” yozuvli jami 108 litr aroq mahsulotlarini qonunga xilof ravishda 3 600 000 soʻmga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatib qolindi.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida tayinlangan ekspertiza xulosalariga koʻra,
Shuningdek, ushbu aroq mahsulotlari davlat standarti talablariga javob bermasligi va isteʼmolga yaroqsizligi hamda isteʼmolchilar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli ekanligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.Shga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring