Qoʻlbola usulda tayyorlangan 140 litr alkogol mahsulotlari fosh qilindi

10:59 02 Dekabr 2022 Jamiyat
316 0

Bojxona organlari tomonidan qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyish va yashirin sexlarni fosh etish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi hamda viloyat IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Natijada fuqaro S.X tomonidan 14 dona 10 litrlik oldin foydalanishda boʻlgan yelim idishlarga qoʻlbola usulda tayyorlanib quyilgan jami 140 litr aroq mahsulotlarini 5 mln. 600 ming soʻmga sotayotgan vaqtida toʻxtatib qolingan.

Ushbu aroq mahsulotlari davlat standarti talablariga javob bermasligi hamda isteʼmolchilar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli ekanligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.Xga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?