Qobul Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Bugun – 13-yanvar kuni xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat hokimligi guruh rahbarlari, kotibiyat mudirlari, viloyat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, tuman hokimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Dastlab, sessiya kun tartibidagi masalalardan biri 2019-yil 22-dekabrda oʻtkazilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi yakunlari boʻyicha viloyat saylov komissiyasi raisi Sh.Joʻrayevning axboroti tinglandi.
Shundan soʻng xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Deputatlar xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini roʻyxatga olish hamda viloyat Kengashidagi doimiy komissiyalarni tuzish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqdilar.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98 — moddasi, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 2- moddasiga binoan viloyat hokimligiga nomzod mamlakat Prezidenti tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng ushbu Kengashga tasdiqlash uchun taqdim etildi.
Sessiya ishida ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vakili A. Joʻraboyev deputatlarga davlatimiz rahbari tomonidan Navoiy viloyati hokimligiga Q. Tursunov nomzodi tavsiya etilganini, nomzod boʻyicha partiya guruhlari har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganini maʼlum qildi.
Deputatlar bir ovozdan Tursunov Qobul Beknazarovich nomzodini qoʻllab-quvvatlab, Navoiy viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqladilar.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring