Qizlarimiz “CAFA U-17 Womenʼs Championship 2021» xalqaro turnirida eronlik dugonalarini magʻlub etdi
Ayni kunlarda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida futbol boʻyicha qizlar terma jamoalari oʻrtasida “CAFA U-17 Womenʼs Championship 2021» xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda. Unda mezbonlar Tojikiston qizlar terma jamoasidan tashqari Oʻzbekiston, Eron va Afgʻonistondan ham futbolchi qizlar ishtirok etishmoqda.
Bugun qizlarimiz xalqaro turnir doirasida navbatdagi uchrashuvini oʻtkazishdi. 2-turda Ilhom Xanjariyev shogirdlari musobaqa favoritlaridan hisoblangan eronlik tengqurlari bilan kuch sinashishdi.
Uchrashuvda U-17 qizlar terma jamoamiz 2-0 hisobida ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi. Oʻyinda terma jamoamiz vakilasi Leyla Rustullayeva tomonidan kiritilgan ikki gol yakunda qizlarimizga gʻalaba taqdim etdi.
Eslatib oʻtamiz, Ilhom Xanjaraliyev shogirdlari ilk turda tojikistonlik dugonalari bilan 1-1 hisobida murosaga kelishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring