Qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborgan ayol tergov va sudda toʻgʻri koʻrsatmalar berish qobiliyatiga ega emasligi maʼlum qilindi

10:59 29 Mart 2022 Jamiyat
681 0

Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Toshkent hayvonot bogʻida qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborgan ayolga qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalasini hal etishlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudiga yuborish haqida qaror qabul qilindi.

Sudga oid psixiatriya va psixologiya kompleks ekspertizalari xulosalariga koʻra, ayol umrbod ruhiy hastalik bilan betoblanib kelgani, ruhiy holatidan kelib chiqqan holda, u tergov va sudda toʻgʻri koʻrsatmalar berish qobiliyatiga ega emasligi koʻrsatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?