Qiziltepalik fermer 11 nafar bolaning sunnat toʻyini oʻtkazdi

Foto: Xalq so‘zi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Ayronchi saxovati” fermer xoʻjaligi rahbari S. Jumayev tashabbusi bilan 11 nafar bolajonning sunnat toʻyi oʻtkazildi.
Tadbir avvalida tuman faollari bolakaylarning ota-onalarini qutlab, murgʻak qalblarga bolalikdan singdirilgan ezgulik bir umr xotiralarida qolishini taʼkidladilar.
Maʼlumot oʻrnida qayd etish joiz, “Ayronchi saxovati” fermer xoʻjaligi tumanning peshqadam xoʻjaliklaridan biri hisoblanib, joriy yilda paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda oʻz zimmasiga olgan shartnomaviy majburiyatlarini oshigʻi bilan ado etdi. Tabiiyki, bunda hududda istiqomat qilayotgan dehqonlarning ham munosib ulushi bor. Fermer ularning zahmatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ushbu tantananing oʻtkazilishiga bosh-qosh boʻldi.
— Biz bugun hududlarning nainki iqtisodiy, balki maʼnaviy barqarorligi hamda ezgu qadriyatlar barhayotligi uchun ham masʼulmiz, — deydi fermer. — Ushbu tadbirga anʼanaviylik tusini berishga qaror qilganmiz.
Tadbirda har bir toʻybolaga toʻn kiydirilib, toʻyona va sovgʻalar topshirildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring