Qiziltepada yana bir xususiy klinika oʻz faoliyatini boshladi

Yosh shifokor — nevropatolog Feruz Ashurov oliy oʻquv yurtini tamomlaganidanoq xususiy klinika faoliyatini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan edi. Tumanning Boʻston mahallasida ish boshlagan «Vazirabonu» xususiy klinikasi tufayli uning orzusi amalga oshdi.
Jami 2,4 milliard soʻm mablagʻ sarflangan ushbu klinikada nevrologiya, ginekologiya, kardiologiya tibbiy xizmatlari, fizioterapiya muolajalari Rossiya, Xitoy, Ukraina mamlakatlaridan keltirilgan 3 D oʻlchamdagi UZI, EKG, EEG, EXO-EG kabi texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu yerda 20 oʻrinli statsionar davolanish maskani ham bunyod etilgan.
Klinikaning taqdimot marosimida Qiziltepa tumani hokimi va yosh shifokorning tibbiyotda ulkan yutuqlarga erishishida hissa qoʻshgan tibbiyot fanlari doktori G.Ixtiyarova, tibbiyot fanlari nomzodi B.Joʻrayev hamda keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring