Qishloqlarda xorijiy tillarni oʻqitish uchun 50 mln soʻmgacha bir martalik subsidiya ajratiladi

Foto: Arxiv surat
2022-yil 1-oktyabrdan boshlab qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti amalga kiritilmoqda.
50 mln soʻmgacha boʻlgan bir martalik subsidiyalar tadbirkorlik subyekti boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga kamida 6 oy muddat davomida qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyati bilan shugʻullanish sharti bilan ajratiladi.
Nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin boʻladi.
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi direktori oʻrinbosari Azimjon Husanov maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring