Qishloq va suv xoʻjaligi sohasida 3 997 ta qonunbuzilish holatida 37 mlrd. 253 mln. soʻmlik moliyaviy sanksiyalar hisoblangan

Foto: Халқ сўзи
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzagroinspeksiya” axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva maʼlum qildi:
2022-yil davomida Qishloq va suv xoʻjaligi sohasida jami 22 603 ta tekshirishlar oʻtkazilgan (shundan, 6 dan ortiq tekshirishlar xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan).
Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan tashkilot va korxonalarning masʼul mansabdor shaxslariga nisbatan jami 20 mingta holatda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
3 997 ta holatda 37 mlrd. 253 mln soʻmlik moliyaviy sanksiyalar hisoblangan.
Shu bilan birga, 94 mingdan ortiq ogohlantiruvlar va 4 954 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va idoralarga kiritilgan, 3 ming 491 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudlarga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Shuningdek, 2022-yilning oʻtgan davrida chetga eksport qilingan jami 18 ming tonna, shundan 4 ming tonna bugʻdoy, 13 858 tonna un va 142 tonna boshqa mahsulotlardan namunalar olinib, tahlil qilingan va 323 ta sertifikatlar rasmiylashtirilgan.
Mamlakatimizga import qilingan 885 ming 543 tonna, shundan 847 ming 925 tonna bugʻdoy, 29 ming 389 tonna un mahsulotlari va 8 229 tonna boshqa turdagi don mahsulotlaridan namunalar olinib, tahlillar oʻtkazilgan va natijada 2 486 ta sertifikatlar rasmiylashtirib berilgan.
Qishloq xoʻjaligi melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini nazorat qilish yoʻnalishida, qishloq xoʻjaligi texnikalarini turgan joyiga borgan holda texnik koʻrikdan oʻtkazishda “yangi mobil xizmati” joriy etildi.
Qolaversa, qishloq xoʻjaligi texnikasi egalariga texnik koʻrik muddati kelganligini xabardor etish maqsadida “SMS xabarnoma” dasturi ishga tushirildi.
Shuningdek, traktorchi-mashinistlarni tayyorlash sohasida shaffoflikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalarni qoʻllash maqsadida, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalarini boshqarish xuquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi berish axborot tizimi “TM.UZAGROTEX.UZ” platformasi ishga tushirildi.
2022-yilda jami 44 253 dona qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikalari davlat roʻyxatiga olinib, traktor va boshqa oʻzi yurar texnikalarga 34 376 dona davlat raqami belgisi, 88 594 dona yangi ID-karta shakldagi texnik pasport va texnik guvohnoma berilib, 242 ming 904 dona texnikalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilgan.
Shuningdek, respublika boʻyicha jami 235 ta traktorchi mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanadigan davlat va nodavlat taʼlim muassasalari xatlovdan oʻtkazilib, ularning moddiy-texnik va oʻquv-metodik bazasi oʻrganildi. Mavjud taʼlim muassasalaridagi traktorchi-mashinist yoʻnalishidagi guruhlarda taʼlim olayotgan va uni tamomlagan 13 235 nafar oʻquvchilarning roʻyxati shakllantirildi.
Suv va suvdan foydalanishni nazorat qilish yoʻnalishda qonunbuzilish holatlarini erta oldini olish maqsadida joylarda 21 mingga yaqin profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, unda 42 689 nafar fermer xoʻjaliklari va klaster tashkilotlari qamrab olingan.
Oʻtkazilgan profilaktika tadbirlari natijasida 17 mingga yaqin holatda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suv isrof boʻlishining oldi olingan boʻlsa, 4 mingta holatda suv tejovchi texnologiyalar oʻrnatilgan maydonlarda mazkur texnologiyalardan foydalanmasdan turgan mulk egalariga ekinlarini anʼanaviy sugʻorishiga yoʻl qoʻyilmadi.
Chorvachilikda naslchilik ishlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha oʻtgan davrda naslchilik xoʻjaliklari tomonidan 15 687 bosh naslli qoramollar tayyorlanishi belgilanib, amalda 15 945 bosh naslli qoramol tayyorlanib, aholi va fermer xoʻjaliklariga yetkazib berilishi nazoratga olingan.
Oʻtgan davr mobaynida Jismoniy va yuridik shaxslarning jami 1 ming 441 ta murojaatlaridan 1 ming 227 tasi koʻrib chiqildi, 48 ming 169 nafar jismoniy va yuridik shaxslar vakillari qabul qilindi.
Shuningdek, oʻtgan davri mobaynida urugʻchilik sohasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari tarkibida GMO mavjudligini aniqlash boʻyicha Oʻzagroinspeksiya qoshidagi Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazida Jahon banki tomonidan ajratilgan 4 mln AQSH dollari garant mablagʻlari hisobiga yangi zamoniviy laboratoriya barpo etildi.
Bugungi kunda ushbu laboratoriyaga Yevropaning rivojlangan davlatlaridan soʻnggi rusumdagi sinov uskuna va jihozlarini yetkazib kelib, oʻrnatish choralari koʻrilmoqda.
Shuningdek, Inspeksiyaning xalqaro aloqalar sohasida xorijiy davlatlarning ekspertlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilib, sohaga oid masalalar muhokama qilindi.
Inspeksiyaning 15 nafar xodimlari Misr Arab Respublikasining paxtachilikka ixtisoslashgan CATGO tashkilotining oʻquv kurslarida malaka oshirib, xalqaro sertifikatga ega boʻldilar.
2023-yildagi ustuvor vazifalar:
1. 2023-yil hosili uchun 118 ta tumanlardagi yuqori sifatli urugʻlik tayyorlashga ixtisoslashgan korxona va klasterlar oʻrtasida tanlov oʻtkazilishi hamda muvofiqlik sertifikati asosida realizatsiya qilinishini, mahalliy va xorijdan keltirilgan urugʻlar va koʻchatlarga oʻz muddatida muvofiqlik sertifikati berilishini ustidan nazorat qilish;
2. Irrigatsiya boʻlimlari hamda klaster, fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilari oʻrtasida suv yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzilishi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda davlat byudjetidan subsidiya olib, joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasidan maqsadli va samarali foydalanishi nazoratga olish;
3. Respublika boʻyicha 15 ming nafardan ortiq yoshlarga qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi berish boʻyicha amaliy ishlar olib borish;
4. “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasida yangi tashkil etilgan GMO laboratoriyasini xalqaro Turkiyaning akkreditatsiya markazidan akkreditatsiyadan oʻtkazish kabi ustivor vazifalar koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring