“Qishloq qurilish bank”: qonunlar ijrosi nazorati yangi parlamentga uzviy bogʻliq 

14:02 15 Noyabr 2019 Iqtisodiyot
962 0

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi hamkorligida “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari, bank xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimiz muhim siyosiy jarayonlar arafasida ekanligi, 22-dekabr kuni parlamentga va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga oʻtkaziladigan saylovlarda qaysi sohada faoliyat yuritishidan qatʼi nazar har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligi taʼkidlandi.

Qayd etildiki, bu yilgi saylovlarning “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida oʻtkazilishida chuqur maʼno bor. Mazkur saylovlarning natijasi va yakunlari yangilanayotgan Oʻzbekistonning taqdiri uchun dolzarb ahamiyatga ega.

Ayni vaqtda “Qishloq qurilish bank” tizimidagi mavjud 42 ta filialda 3 mingdan ortiq xodim ishlamoqda. Bank xodimlari oʻz navbatida saylovchi hamdir. Shu boisdan bank rahbariyati xodimlarning saylovlarga oid bilimlari va koʻnikmalarini oshirishga alohida eʼtibor bermoqda. Shu kunlarda bankning barcha filiallarida saylov qonunchiligiga bagʻishlangan targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

- Kuni kecha bank-moliya sohasini tartibga soluvchi qator qonunlar, xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi, - dediATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Shuhrat Oripov. - Bu qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat koʻp jihatdan yangidan shakllanadigan parlament faoliyatiga uzviy bogʻliq. Mana shu jihatlar bugungi kunda bank sohasida ishlayotgan xodimlarning yaqinlashib kelayotgan saylovlarda yanada faol boʻlishini taqozo etadi.

Tadbir yakunida “Qishloq qurilish bank” xodimlari Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Bank axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер