Qishloq oʻz tarixida ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlandi

09:47 11 Iyun 2021 Jamiyat
364 0

Gap Kogon tumanidagi «Siyozpiyon» qishlogʻi haqida bormoqda.Tarixi olisga borib taqaladigan bu goʻsha aholisi ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojini transportda tashib keltiriladigan ob – hayot evaziga qondirar edi.

«Siyozpiyon» “Obod qishloq” dasturiga kirgach, aholining bir tush kabi tuyulgan orzu-niyatlari ushala boshladi. Hudud qiyofasi oʻzgardi. Infratuzilma yuzaga keldi. Qishloqqa fayz kirdi. Nihoyat, ichimlik suv taʼminoti masalasi ham hal boʻldi. Buning uchun qishloq nomi bilan ataluvchi suv inshooti 5 milliard soʻm mablagʻ evaziga rekonstruksiya qilindi. Uning loyiha quvvati sutkasiga 9 ming 600 metr kubni tashkil etadi.

Yangi inshootning foydalanishga topshirilishi shu qishloqqa qoʻshni «Xoʻja Yakshanba» va “Tun-iroq” qishloqlari aholisi koʻngliga ham umid uygʻotdi. Bu hududlarga ham suv quvurlari tortilgach, odamlarning ichimlik suvi tashiydigan avtotransport yoʻlini poylashlariga hojat qolmaydi.

Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?