Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmaydi

16:52 26 Mart 2022 Jamiyat
798 0

Foto: Illustrativ foto

“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-91-son, 24.03.2022-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.

Ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak edi.

Shuningdek, dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022-yil 1-martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер