Qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda yangi yoʻnalish ochiladi

“Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishni rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.
Dorivor oʻsimliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Markazning oʻrmon fondi yerlarida xususiy sektorni jalb etgan holda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari tashkil etiladi.
Qarorga koʻra, Nukus, Xoʻjayli, Qorakoʻl, Baxmal, Zomin, Kitob, Uzun, Boysun, Burchmulla, Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga, Quyi Chirchiq ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaligi dorivor oʻsimliklar urugʻ va koʻchatlarini tayyorlashga ixtisoslashtiriladi.
Shuningdek, Gʻallaorol, Kogon hamda Urgut ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari tashkil etiladi.
2021/2022 oʻquv yilidan:
● respublika oliy taʼlim muassasalari biologiya yoʻnalishlarining 3 va 4-kurslarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan oʻqitish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
● barcha qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda “Dorivor oʻsimliklar yetishtirish agrotexnologiyasi” yoʻnalishi ochiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Prezident ishtirokidagi Oʻzbekiston ayollariga bagʻishlangan tantanali bayram suratlarda (foto)
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring