Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti salmoqli qismi Fargʻona viloyati hissasiga toʻgʻri kelmoqda

14:39 13 Dekabr 2021 Jamiyat
389 0

Foto: "Xalq so'zi"

Fargʻona shahridagi “Fayz” tantanalar saroyida Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali  bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.  Unda keyingi yillarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasi, oʻzgarish va dadil qadamlar Fargʻona viloyati misolida eʼtirof etildi.

Taʼkidlab  oʻtilganidek, 2021-yili viloyatda 800 ming tonnaga yaqin boshoqli don, 280 ming tonna paxta, 1 mln. 500 ming tonna sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirildi. Har bir yoʻnalishda belgilangan reja ortigʻi bilan uddalandi, hosildorlik va samaradorlik oʻtgan yilga nisbatan sezilarli  oshdi.

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov buning uchun qishloq xoʻjaligi sohasi vakillariga minnatdorlik bildirib, kelgusida ishlarni shunday qatʼiyat, birdamlik bilan davom ettirish va 2022-yil viloyat qishloq xoʻjaligini yangi bosqichga koʻtarish yili sifatida esda qolishiga erishish muhimligini taʼkidladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Anvar Asamov ham soʻzga chiqib, soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi. Bu yil mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportining salmoqli qismi Fargʻona viloyati hissasiga toʻgʻri kelganini mamnuniyat bilan aytib oʻtdi.

Bayram tadbirida yil davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan fermerlar hamda sohaning ilgʻor xodimlari “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi”, “Mehnatkash dehqon”, “Ilgʻor fermer” koʻkrak nishonlari hamda viloyat hokimining faxriy yorligʻi, tashakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tantanali tadbir yurtimizning taniqli sanʼatkorlari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер