Qishloq xotin-qizlari IT yoʻnalishida saboq olmoqda

15:05 25 Avgust 2022 Jamiyat
412 0

Foto: Xalq so‘zi

“Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat boʻlimi Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi hamda Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasining 8 ming yevrodan ziyod grantiga sazovor boʻldi.

— Bunga qadar AQSHning mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan eʼlon qilingan kichik dasturlar tanlovida muvaffaqiyatli qatnashib, 50 ming dollar miqdoridagi grant mablagʻini qoʻlga kiritgandik, — deydi mazkur boʻlim rahbari Dilbar Ahmedova. — Germaniya tomoni taqdim etgan grant mablagʻiga kelsak, loyihaga muvofiq nafaqat Buxoro shahri, balki Peshku va Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi bir guruh xotin-qizlarni ham IT va dizayn yoʻnalishlarida oʻqityapmiz. Bu yumush har ikkala tumandagi filialimizda amalga oshirilmoqda. Ularning loaqal 50 foizi shu sohalarning malakali mutaxassisi boʻlib yetishishsa, biz oʻz maqsadimizga erishdik, degan xulosaga kelamiz.Loyihamiz uch yilga moʻljallangan.

Aytish joizki, “Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat boʻlimi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 1 ming 300 nafardan ziyod xotin-qiz kasb-hunar va biznes sohalarida oʻqitildi. Boʻlimda ishsiz, qoʻlida hunari boʻlmagan, ehtiyojmand ayollar va qizlarga moʻljallangan oʻquv yoʻnalishlari soni ayni damda 16 tani tashkil etmoqda.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?