Qirq yillik qarzni uzadigan tomorqa neʼmatini bilasizmi?

Fargʻonalik mirishkor tomorqachilar oʻrtasida “Achchiq qalampir qirq yillik qarzingni uzadi”, degan mashhur ibora bor. Agar dehqonchiligingiz baroridan kelsa, achchiq qalampir daromadi oila farovonligini yuksaltirishda juda ham qoʻl keladi.
Bagʻdod tumanida uddaburon tomorqachilar keyingi yillarda achchiq qalampir yetishtirish, sanoat usulida qayta ishlash va eksport qilish borasida quvonarli yutuqlarga erishyapti.
— Har yili tumanimiz aholisi tomonidan yetishtirilgan 300 tonnadan ortiq achchiq qalampirni Rossiya, Ukraina, Gruziya va Qirgʻizistonga eksport qilaman,-deydi bagʻdodlik mashhur tadbirkorlardan biri Furqat Berdaliyev. – Yilning istalgan faslida qalampirni quritilgan, qadoqlangan va konservalangan holda eksport qilish faoliyatini kengaytirish maqsadida Xitoydan zamonaviy texnologiyalar olib kelib, 1 ming 500 tonna sigʻimga ega muzlatgichli omborxona qurdik.
Hozirda bagʻdodlik tadbirkorlar achchiq qalampirni Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreyaga eksport qilish boʻyicha talab va taklifni oʻrganmoqdalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring