Qirollik asalarilariga Yelizaveta IIning oʻlimi haqida maʼlum qilindi

00:29 11 Sentyabr 2022 Dunyo
1074 0

Foto: Reuters

Qirollik asalarilariga Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qirolichasi Yelizaveta IIning oʻlimi haqida maʼlum qilindi

Buyuk Britaniyada koʻp asrlik anʼanaga hurmat koʻrsatildi va qirollik bogʻidagi asalarilarga Yelizaveta IIning oʻlimi haqida xabar berildi. “Daily Mail” nashrining yozishicha, bu ishni 79 yoshli saroy asalarichisi Jon Chappl amalga oshirgan.

Anʼanaga koʻra, avval qutilar ustiga qora motam tasmalari qoʻyilgan. Keyin Jon Chappl hasharotlarga nima voqea yuz berganini aytib, endi ularning yangi egasi Charlz III nomini olgan shahzoda Charlz ekani maʼlum qilingan.

Asalarilar bilan suhbatlashish koʻplab Yevropa mamlakatlarida anʼanaviy odat hisoblanadi: asalarilarga oʻz egalarining hayotidagi muhim voqealar, masalan, tugʻilish, nikoh yoki oʻlim haqida aytib beriladi. Bu yerda asalarilarga egasining oʻlimi haqida xabar berilmasa, ular asal berishni toʻxtatishi yoki hatto oʻlib qolishi mumkinligiga ishoniladi.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II joriy yilning 8-sentyabr kuni vafot etdi. Mamlakatda 10 kunlik milliy motam eʼlon qilingan. Charlz III nomini olgan shahzoda Charlz taxt vorisi boʻldi. U 10-sentyabrda rasman qirol, deb eʼlon qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер