Qirolicha Yelizaveta II shahzoda Endryuni harbiy unvon va qoʻllab-quvvatlanishdan mahrum qildi

00:45 14 Yanvar 2022 Dunyo
471 0

Foto: Global Look Press

Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II jinsiy tajovuzda ayblanish fonida oʻgʻli shahzoda Endryu (York gersogi)ni harbiy unvonidan mahrum etgan. Bu haqda Bukingem saroyi matbuot-xizmati tomonidan maʼlum qilindi.

Unvonlardan tashqari, shahzoda qirollik tomonidan qoʻllab-quvvatlanish (homiylik)dan ham mahrum etilgan.

“York gersogi rasmiy vazifalarni bajarmaslikda davom etadi va sudda oddiy shaxs sifatida oʻzini himoya qiladi”, deyiladi Bukingem saroyi bayonotida.

Avvalroq, shahzoda Endryu Nyu-York janubiy okrugi sudiga chaqirilgani maʼlum boʻlgan edi.

Oʻtgan yilning kuzida London politsiyasi oʻsmirlik chogʻida shahzoda Endryu bilan jinsiy aloqa qilishga majbur boʻlganini daʼvo qilgan amerikalik Virjiniya Jiuffrening koʻrsatmasi asosida tergovni toʻxtatishga qaror qilgan edi.

Jiuffre shahzoda Endryu tomonidan uch marta zoʻrlanganligini aytmoqda. Daʼvogarga koʻra, oʻsha paytda u 17 yoshda boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?