Qirgʻizistonning sobiq prezidenti BMT Bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi

13:02 03 Sentyabr 2022 Dunyo
2235 0

Foto: Arxiv surat

Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva BMT Bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi. Bu haqda BMT Bosh kotibi idorasida maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, Otunbayeva BMTning Afgʻonistonga yordam koʻrsatish missiyasi rahbari boʻldi. Bu lavozimda u Debora Lyons oʻrnini egalladi.

Roza Otunbayeva 2010-2011-yillarda Qirgʻiziston prezidenti lavozimida ishlagan. U uch marta tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Tashqi ishlar vazirligida bir qancha yuqori diplomatik lavozimlarda ishlagan, jumladan, Qirgʻizistonning AQSH va Kanadadagi elchisi (1992-1994-yillarda) va Qirgʻizistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi (1997-2002-yillarda).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?