Qirgʻizistonga noqonuniy kirmoqchi boʻlgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

11:57 17 Oktyabr 2021 Siyosat
750 0

Qirgʻiziston chegarasini noqonuniy kesib oʻtishda gumon qilinayotgan Oʻzbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda “Kabar” xabar berdi.

Xabar qilinishicha, 14-oktabr kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirda soxta hujjatlar bilan Qirgʻizistonga oʻtmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi ushlangan.

1990-yilda tugʻilgan Y.M. Sankt-Peterburg shahridan Oʻshga aviareys orqali kelib, 1989-yilda tugʻilgan M.A. nomiga rasmiylashtirilgan Qirgʻiziston pasportini taqdim etgan.

Gumonlanuvchi Qirgʻiston Jinoyat-protsessual kodeksining 98-moddasiga asosan davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Holat boʻyicha MXDQ Jinoyat kodeksining 358-moddasi 1-qismi (Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish) bilan jinoyat ishi ochilib, sudgacha surishtiruv boshlangan.

Ayni paytda Qirgʻizistonning rasmiy hujjatlarini qonunga zid ravishda tayyorlash jarayoniga mansabdor shaxslarning aralashgan yoki aralashmaganini aniqlash maqsadida tezkor tergov tadbirlari olib borilayotgani, shuningdek, gumonlanuvchining davlat chegarasini noqonuniy buzib oʻtgan yuzasidan sudga qadar surishtiruv oʻtkazilayotgani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?