Qirgʻizistonda Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukm bekor qilindi

Qirgʻiziston Oliy sudi jinoyatchi Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi boʻyicha sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Joriy yil iyun oyida Bishkek Birinchi may tuman sudi Atambayevni mazkur ish yuzasidan 11 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etgan edi.
Manba xabariga koʻra, jinoiy ish Birinchi may tuman sudida boshqa tarkibda yangidan koʻrib chiqilishi yuborilgan.
Aziz Batukayev 2006-yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning mol-mulki musodara qilingandi. Batukayev 2006-yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida
Qirgʻiziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini oʻldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013-yil 9-aprelda “ogʻir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirgʻiziston hududini tark etgan.
Qirgʻiziston IIV maʼlumotiga koʻra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini oʻtamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring