Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan keladi — TIV

16:39 04 Noyabr 2020 Siyosat
233 0

2020-yilning 5-6-noyabr kunlari kunlari Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Tashrif dasturida Hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Boʻlajak muzokaralar chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?