Qirgʻiziston rasmiylari Afgʻonistondagi Tolibon hukumatini tan olishga hali tayyor emas

Qirgʻiziston hukumati hozircha Afgʻonistondagi Tolibon hukumatini tan olmoqchi emas. Bu haqda Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Taʼlatbek Masadikov maʼlum qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Hozircha biz tomonimizdan Tolibonni tan olish toʻgʻrisida gap yoʻq”, — dedi u.
Shu bilan birga, Masadikov Tolibon vakillari bilan muzokaralarni davom ettirish zarur, deb hisoblaydi. Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi rahbari oʻrinbosarining qoʻshimcha qilishicha, Tolibonni Afgʻonistondagi muammolar bilan yolgʻiz qoldirish notoʻgʻri.
“Ularni yolgʻiz qoldirib boʻlmaydi”, — dedi u.
Masadikov Qirgʻiziston respublika boshidan kechirgan iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, afgʻon xalqiga har tomonlama gumanitar yordam koʻrsatishga harakat qilayotganini alohida taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Germaniyaning yirik neft va gaz kompaniyasi Rossiyani butunlay tark etishga qaror qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring