Tanzila Narbayeva Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi

08:48 25 Iyun 2022 Siyosat
978 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Choʻlpon-Ota shahrida (Qirgʻizistonda) boʻlib oʻtgan Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida ishtirok etdi.

Shu yil 24-iyun kuni Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning TurkPA majlisida ishtirok etayotgan parlament delegatsiyalari rahbarlari bilan qisqacha uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Qirgʻiziston rahbari Bishkek turkiy davlatlar bilan aloqalarni chuqurlashtirishga katta ahamiyat berayotganini va TurkPAga asos solgan davlatlardan biri sifatida ushbu parlamentlararo birlashma mamlakatlar oʻrtasidagi hamjihatlik va birdamlik namunasi sifatida shakllanishidan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Xususan, Prezident S.Japarov Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning saʼy-harakatlari va siyosiy irodasi tufayli oʻzaro aloqalar strategik hamkorlik xususiyatiga ega boʻlganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Davlat rahbari bilan uchrashuvda Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi Toragʻasi Talant Mamitov, Ozarbayjon Respublikasi Miliy Majlisi Raisi Sagiba Gafarova, Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Raisi Mustafo Shentop, Vengriya parlamenti raisi oʻrinbosari Shandor Lejak va Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalq maslahati raisi oʻrinbosari Qosimguli Babayev ham ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?