Qirgʻiziston energetika sohasidagi ayollar uyushmasi va Oʻzbekiston Energetika vazirligining Gender kengashi oʻrtasida hamkorlik va oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi

19:24 12 Avgust 2022 Iqtisodiyot
577 0

2022-yilning 9-avgust kuni Choʻlpon-Ota shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika sohasi xotin-qizlar sammiti doirasida Qirgʻiziston energetika sanoatidagi xotin-qizlar uyushmasi Prezidenti Altinay Abdikerimova va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Gender masalalari boʻyicha kengash raisi Elmira Bekmurodova vakilligida hamkorlik va oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Memorandumga koʻra, tomonlar energetika sohasida imkoniyatlarni kengaytirish va ayollarning rolini oshirish boʻyicha hamkorlik qilish masalalari ilgari surildi.

Bundan tashqari, memorandumda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston energetika tizimlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish tajribasini oʻrganish va amaliyotda qoʻllash, energetika sohasida gender masalalariga yoʻnaltirilgan kasblarni, xususan, muhandislik va AKT muhandisligi, muhandislik kasbini tanlayotgan oʻsmir qizlarga maslahat berish, shuningdek, qoʻshma loyihalar va tahliliy ishlarni tashkil etish boʻyicha tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish koʻzda tutilgan.

Qirgʻiziston energetika sanoatidagi xotin-qizlar uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Gender masalalari boʻyicha kengashi oʻz faoliyatida bir xil maqsadlar, tamoyillar va qadriyatlarga amal qiladi: ayollarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga hissa qoʻshish va energetika sohasida ayollarning rolini oshirishga intilish.

Tomonlar hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish niyatlarini bildirdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер