Qingʻir ishning qiyigʻi chiqdi

Mamlakatimizga import qilinayotgan tovarlarning bojxona toʻlovlarini toʻgʻri va toʻliq undirish hamda davlat byudjetiga oʻtkazilishini taʼminlash bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bojxona toʻlovlarini toʻlamaslik maqsadida tovarlarni boshqa nom bilan yoki ularni miqdorini kamaytirib koʻrsatilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Qoʻqon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan Qoʻqon shahrida faoliyat yuritayotgan korxona nomiga xorijdan olib kelingan tovarlarni ushbu hududda joylashgan “Agroo Green Life” ochiq turdagi bojxona omborida jamiyat ishonchli vakili ishtirokida tovarlarni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Koʻrik jarayonida hujjatlarda koʻrsatilgan elektr velosiped hamda velosiped shinalari tovarlarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʻyicha tasniflash kodlarida bojxona xodimida shubha tugʻilganligi sababli tovarlar bojxona ekspertizadan oʻtkazildi.
Natijada hujjatlarda elektr velosiped hamda velosiped shinalari deb koʻrsatilgan boʻlib, aslida bu tovarlar skuterlar hamda mototsikl shinalari ekanligi hamda TIF TN kodi bojxona yuk deklaratsiyasida notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan umumiy qiymati 1 234 800 000 soʻmlik 270 dona skuter hamda 1548 dona moto shinalar vaqtincha saqlovga olindi.
Tovar kodi toʻgʻri belgilanganida, davlat byudjetiga 123 mln. soʻm miqdorida bojxona toʻlovlari undirilgan boʻlar edi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi
- Gazning “oltin davri” tugamoqda — Xalqaro energetika agentligi
- Senat Raisi Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli Raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi
- “Zarafshon” gazetasining 110-yilligi hamda “Самаркандский вестник” gazetasining 105-yilligi munosabati bilan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
- Marokashda yuz bergan zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda
- Maʼnaviyat ummonidan sakkizta noyob marvarid
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring