Qilichbozlik: Zaynab Dayibekova — Osiyo chempioni!

16:25 19 Iyun 2023 Sport
747 0

Xitoyning Usi shahrida oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatidan xushxabar keldi. Ayollar oʻrtasida sablya yoʻnalishida kechgan bahslarda hamyurtimiz Zaynab Dayibekova oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Pleyy-off bosqichida ikkinchi saralangan sportchi sifatida harakat qilgan Dayibekova saralashda Vyetnam, Xitoy, Avstariya vakillarini, yarim finalda hindistonlik Bxavani Chadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yunni magʻlubiyatga uchratdi.

Bu qoraqalpogʻistonlik sportchimizning kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatlarida qoʻlga kiritgan birinchi oltin medali!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер