Qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zarar qoplanadi
Illyustrativ foto
Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni muhokama qilindi.
Majlisda senatorlar soʻnggi yillarda fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini yanada kuchaytirish, jumladan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlariga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi.
Ushbu qonun ham mazkur ijobiy ishlarning mantiqiy davomi ekanligi taʼkidlanib, hujjatni qabul qilish zaruratlari muhokama qilindi.
Xususan, qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam koʻrsatilishi hamda ularga yetkazilgan zararning kompensatsiya qilinishini taʼminlash, bunda qiynoqdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan jismoniy va ruhiy zarar, moddiy zarar yoki boy berilgan foyda, maʼnaviy zarar, yuridik yordam, dori vositalari va tibbiy xizmat, psixologik va ijtimoiy xizmatlar uchun qilingan xarajatlar toʻlab berilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasini 1995-yilda ratifikatsiya qilgani, mazkur qonun bilan inson huquq va erkinliklari sohasida, shu jumladan, qiynoqlarga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga doir xalqaro majburiyatlarini bajarish yoʻlida tizimli, izchil va bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni davomiy amalga oshirib kelinayotganligi maʼlum qilindi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2021-yil
22-fevral kuni BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi 46-sessiyasida milliy
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring