Qator hududlarda qoʻlbola aroq ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar fosh etildi

08:38 06 Sentyabr 2024 Jamiyat
171 0

Foto: Prokratura departamenti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlarida qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, departamentning Uchkoʻprik tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda, fuqaro J.M. Oʻzbekiston tumanidagi xonadonda yashirin sex tashkil qilib, qalbaki aksiz marka va yorliqlardan foydalangan holda qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.

Ushbu yashirin sexdan turli nomdagi 2 790 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsuloti, 1 692 dona qalbaki aksiz marka, 5 781 dona QR-kod markirovka, 1 091 dona shisha idish, 60 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Qoʻngʻirot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda alkogol mahsulotlarini yashirin ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelgan fuqaro T.N. qoʻlbola usulda tayyorlangan 514 dona “Qaratau” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida tanishi B.U.ning xonadonida vaqtincha saqlab qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Qamashi tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Yu.S. ning boshqaruvidagi Damas avtomashinasi salonida sotish maqsadida olib ketilayotgan 1 200 dona isteʼmolga yaroqsiz qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер