Qator hududlarda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi

Oʻzbekistonning uch viloyatida imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish va kredit olib berish bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. “E.P.” va “G.B.” MCHJlarning rahbari M.I. tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatish uchun ajratilgan 962,5 million soʻm imtiyozli kredit evaziga taʼminotchi korxona sifatida fermer xoʻjaliklariga uskunalarni yetkazib bermasdan kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki filiali sobiq bosh menejeri D.N. 3 ta taʼminotchi korxona masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroga issiqxona faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit evaziga mahsulotlarni yetkazib bermasdan, 180 million soʻm kredit mablagʻlarni naqdlashtirib olib, talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shuningdek, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar Sh.Z. va G.I. fuqaro Z.D.ning ishonchiga kirib, uning singlisi nomiga goʻyoki bir yil davomida YATT faoliyati bilan shugʻullanib kelgani haqida guvohnoma rasmiylashtirib, tikuvchilik yoʻnalishida 100 million soʻm imtiyozli kredit ajratib berishlari evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
- AQSHda jurnalist qiz Trampning yuziga mikrofon bilan urib yubordi (+video)
- Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
- Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
- “Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring