Qatarning Maʼmuriy nazorat va shaffoflik idorasi bilan 2024 — 2026-yillarga moʻljallangan Harakatlar rejasi imzolandi

10:26 26 Yanvar 2024 Jamiyat
215 0

Xabar berganimizdek, shu kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Qatar davlatida boʻlib turibdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Agentlik direktori A.Burxanov Qatar davlatining Maʼmuriy nazorat va shaffoflik idorasi prezidenti Xamad ben Naser Al Misned bilan uchrashdi. Uchrashuv mobaynida oʻzaro hamkorlik memorandumi doirasida 2024-2026-yillarga moʻljallangan Harakatlar rejasi imzolandi.

Reja tomonlar oʻrtasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, davlat idoralari faoliyati ochiqligini taʼminlash hamda BMT aksilkorrupsiya standartlarini milliy amaliyotga tatbiq etishda muntazam va yaqindan tajriba almashish kabi masalalarni oʻz ichiga oladi.

Jumladan, quyidagilar Harakatlar rejasining asosiy yoʻnalishlari sifatida belgilandi:

- Korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- Davlat xizmatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va faoliyat ochiqligini taʼminlash boʻyicha tajriba almashish;
- Sport sohasida halollik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish;
- Agentlikning e-antikor platformasini takomillashtirishda Qatar davlati tajribasini oʻrganish.

Muloqot yakunida muhokama qilingan hamkorlik yoʻnalishlarida ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?