Qatar universiteti oʻzbekistonlik arabshunoslarni tayyorlashga koʻmaklashadi

Oʻzbekiston elchisi Ashraf Xodjayev Qatar universiteti rektori, doktor Umar Al-Ansoriy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida Umar Al-Ansoriy Qatar universiteti va Oʻzbekistonning tegishli oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston va Qatar oliy taʼlim tizimi faoliyati boʻyicha maʼlumot almashildi.
Muzokaralar natijasida joriy oʻquv yilida «Xorijliklar uchun arab tili kurslari» bir yillik dasturi doirasida oʻzbekistonlik talabalarni grant asosida oʻqitish va talabalar almashinuvi hamda qoʻshma ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish yoʻnalishlarida kelishuvlarga erishildi.
Qatar universiteti 1977-yilda tashkil etilgan. Mazkur oliy taʼlim muassasasi mamlakatdagi eng katta davlat universiteti hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
- Qoraqalpogʻistondagi ikkita oliy taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini tugatadi, ammo…
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring