Qatar Amirini tantanali kutib olish marosimi boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 6-iyun kuni Samarqand shahrida Qatar rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.
Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
Oʻzbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi.
Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiya aʼzolarini qutladi.
Shundan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2020 yildan beri o‘zbekistonliklar 255 kg oltin quymalar sotib olgan
- Oʻzbekistonda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi oʻtkaziladi
- 2023-yil iyul-avgust oylari davomida Davlat byudjeti xarajatlari daromadlarga nisbatan 12,2 trln. soʻmga koʻp boʻlgan
- Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 15-sentabr kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring