Qasim-Jomart Toqayev Markaziy Osiyo mintaqasi uchun umumiy telekanal yoki sayt ochishni taklif qildi

Foto: Sputnik Qozogʻiston
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitida Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Markaziy Osiyo mintaqasi uchun umumiy telekanal yoki sayt ochishni taklif qildi. Bu haqda “Sputnik Qozogʻiston” xabar berdi.
“Markaziy Osiyo davlatlari nifoq qoʻzgʻatish orqali boʻlinishga olib keladigan har qanday urinishlarga qarshilik koʻrsatishi kerak”, — degan Qozogʻiston prezidenti.
Q. Toqayev fikriga koʻra, “axborot makonida butun mintaqa uchun zararli boʻlgan salbiy hodisalar”ning oldini olish zarur.
Uning taʼkidlashicha, ushbu fikrni batafsil oʻrganish uchun Markaziy Osiyoning tegishli idoralari va axborot agentliklari rahbarlarining uchrashuvlarini muntazam ravishda oʻtkazish maqsadga muvofiq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring