Qashqadaryolik yosh tadqiqotchiga ilmiy ishni muddatdan avval himoya qilgani uchun 84 million soʻm mukofot berildi

Yosh tadqiqotchi Odiljon Avaznazarov Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashning navbatdagi yigʻilishida “Alisher Navoiy ijodida soqiy obrazi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Natijada u Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasini oʻqish muddatidan 2 yil oldin himoya qilgani uchun 84 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.
— Bu mukofotni “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da qoʻlga kiritganimdan juda mamnunman, — deydi Odiljon Avaznazarov. — Bu ragʻbatni men davlatimiz tomonidan ilmga intilayotgan yoshlarga koʻrsatilayotgan katta gʻamxoʻrlik deb baholayman. Ilmiy ishim haqida aytadigan boʻlsam, Alisher Navoiy sheʼriyati hamda dostonlaridagi soqiy poetik obrazining shu paytgacha eʼtibor doirasidan chetda qolgan jihatlari bilan yaqinroq tanishishga, mumtoz davr adabiyoti manbalarini boyitishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring