Qashqadaryolik 70 nafar oʻquvchi va ularning 14 nafar ustozlari Buyuk Britaniyaga taʼlim sayohatiga boradi

Foto: Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati
Xabaringiz bor, joriy yilning 3-5-avgust kunlari Toshkent shahrida Prezident sovrini uchun oʻtkazilgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi oʻtkazildi.
Poytaxtimizdagi “Simpoziumlar saroyi”da mazkur tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Taqdirlash marosimida tanlovning final bosqichida gʻolib boʻlgan maktablarga belgilangan pul mukofotlari topshirildi.
Unga koʻra:
1-oʻrinni egallagan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 97- maktab jamoasi – 500 million soʻm;
2-oʻrinni egallagan Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 40-maktab jamoasi – 400 million soʻm;
3-oʻrinni egallagan Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi 5-maktab jamoasi – 300 million soʻm miqdoridagi pul mukofotiga ega boʻldi.
Shuningdek, tanlovning Respublika bosqichi ishtirokchilari, 70 nafar oʻquvchi va 14 nafar ustozlarga Buyuk Britaniyaga taʼlim sayohati yoʻllanmasi topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring