Qashqadaryodagi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar tahlil qilindi

Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20-apreldagi «2022-2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori asosida viloyat hududlarida sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollari, har bir tuman va shaharning «oʻsish nuqtalari»ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi, turmush darajasini yanada yaxshilash borasida amaliy ishlar qilinmoqda.
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan tartib asosida Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur oʻrganilib, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilyapti, amaliy ishlar muntazam tahlil etib borilmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo filiali tomonidan viloyatning 2022 yildagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari tahlil qilindi.
Yalpi hududiy mahsulot. Viloyatdagi yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 49 520,8 milliard soʻmni, oʻsish koʻrsatkichi 2021 yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizni tashkil qilgan.
Maʼlumot uchun, viloyat oʻsish koʻrsatkichi boʻyicha respublika hududlari orasida 9-oʻrinda turibdi. Jon boshiga toʻgʻri keladigan YAHM hajmi 14 372,6 ming soʻmni tashkil qilgan.
Viloyatda yaratilgan YAHMning Respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 5,6 foiz boʻlgan holda Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Fargʻona, Andijon viloyatlaridan keyingi 7-oʻrinni egallagan. YAHMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 69,9 foizni tashkil qilgan.
Sanoat. Viloyatda 22 814,7 milliard soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, oldingi yilning mos davriga nisbatan 10,5 foizga oshgan. Oʻsish koʻrsatkichi boʻyicha respublika hududlari orasida 3-oʻrinda turibdi. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 4,1 foizni va hududlar orasida 8-oʻrinni egallangan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida togʻ-kon sanoatining ulushi – 7,5foiz, ishlab chiqariladigan sanoat – 68,2 foiz, elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash sanoati – 23,8 foiz, suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish sanoati - 0,5 foizni tashkil qilgan.
Jon boshiga toʻgʻri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 1 376,7 ming soʻm boʻlgan holda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,5 foizga oshgan. Bu respublika hududlari orasida 12-oʻrin deganidir.
Isteʼmol tovarlari. Viloyatda 4 763,1 milliard soʻmlik (2021 yilning mos davriga nisbatan 9,0 foiz) isteʼmol tovarlari ishlab chiqarilgan boʻlib, respublikadagi ulushi 2,4 foizni tashkil qilgan holda hududlar orasida 11-oʻrinni egallagan. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat tovarlari hajmi 2878,6 milliard soʻm (oʻsish koʻrsatkichi 108,3 foiz), nooziq-ovqat tovarlari 1884,5 milliard soʻmni (110,2foiz) tashkil qilgan.
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi. Viloyatda 33 384,6 milliard soʻmlik qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,7foizga oshgan. Respublika qishloq xoʻjaligida viloyatning ulushi 9,2 foiz boʻlgan holda, hududlar orasida 5-oʻrinni egallagan. Jon boshiga toʻgʻri keluvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 9 689,4 ming soʻmni tashkil qilgan.
Xizmat koʻrsatish. Koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 15 945,8 milliard soʻm boʻlgan holda, 114,1 foizga oshgan. Xizmatlar hajmining respublika koʻrsatkichidagi ulushi 4,5 foiz boʻlib, hududlar orasida 7-oʻrinni egallagan. Jon boshiga toʻgʻri keladigan xizmatlar hajmi esa 4 628 ming soʻmni tashkil qilgan.
Chakana savdo. Chakana savdo hajmi 20 504,8 milliard soʻm (112,5foiz), respublikadagi ulushi 6,4 foizni boʻlgan holda, hududlar orasida 6-oʻrinni egallagan. Jon boshiga toʻgʻri keluvchi chakana savdo hajmi 5 951,2 ming soʻm (hududlar orasida 12-oʻrin)ni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 110,1 foizga oshgan.
Qurilish ishlari. Qurilish ishlari hajmi 7 831,1 milliard soʻmni (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 105,8 foiz), respublikadagi ulushi 6,0 foizni tashkil etib, hududlar orasida 6-oʻrinni egallagan.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 16 181,5 milliard soʻmni (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 80,8 foiz), respublikadagi ulushi 6,1 foiz (hududlar orasida 6-oʻrin)ni tashkil etgan. Jon boshiga toʻgʻri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 4 696,4 ming soʻmdir.
Tashqi savdo aylanmasi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 547,5 million AQSH dollarini tashkil qilgan holda, oʻtgan yilga nisbatan 96,8 foizni tashkil etgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 1,1 foiz boʻlib, hududlar orasida 13-oʻrinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport – 303,4 mln AQSH dollari (112,3foiz oʻsish)ni, import – 244,1 million AQSH dollari (82,6 foiz)ga teng boʻlgan.
Oʻtgan yil davomida viloyatda 8 551 ta, yaʼni oldingi yilga nisbatan 90,4 foiz yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring