Qashqadaryoda yuk mashinasi “Tico”ni urib ketdi 

23:54 08 Dekabr 2021 Jamiyat
421 0

Qashqadaryoda yuk mashinasi yengil avtomobilni urib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

6-dekabr kuni soat 14:20 da Qashqadaryo viloyatida “Tico” rusumli avtomashina Howo rusumli yuk mashinasi bilan harakatlanish yoʻliga chiqib ketib, u bilan toʻqnashib ketdi.

Yoʻl-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmadi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?