Qashqadaryoda valyuta oldi-sotdisi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro ushlandi

16:04 23 Iyun 2022 Jamiyat
437 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar va Koson tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Qarshi shahri buyum bozori oldida valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan fuqaro Sh.B. boshqa bir fuqaro F.ga har bir AQSH dollarini 11 ming soʻmdan sotishga kelishib, jami 3 000 AQSH dollarini 33,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?