Qashqadaryoda toʻrt kishi oʻz mahalladoshini shafqatsizlarcha kaltakladi

03:38 20 Fevral 2022 Jamiyat
350 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yilning 14-fevral kuni Qashqadaryo viloyatida yigitlar tanishini urib, ariq yaqiniga tashlab ketishgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, “Koʻchkak” fuqarolar yigʻini hududida yashovchi fuqarolar firibgarlik yoʻli bilan tanishini “Damas” rusumli avtomashinaga oʻtqazib, “Guliston” fuqarolar yigʻini hududidagi dalaga olib ketishgan. Keyin tanishlari erkakni shafqatsizlarcha kaltaklab, koʻchaga uloqtirishgan.

Bemor ogʻir ahvolda reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Kaltaklangan erkakning ukasi voqea oldindan rejalashtirilganligini aytdi.

“Mashinaning oldingi oʻrindigʻida akam oʻtirardi. Uning boshiga shisha butilka va temir bilan urishgan va hushidan ketgan. Keyin mashinadan haydab, oyogʻini sindirib, yurolmaydigan qilib, ariq yaqinida qoldirishgan”, dedi u.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?