Qashqadaryoda tengdoshidan farzandli boʻlgan 8-sinf oʻquvchisi voqeasi boʻyicha IIB qoʻshimcha maʼlumotlar berdi

11:01 27 Mart 2021 Jamiyat
6471 0

Avvalroq, Qashqadaryoda 8-sinf oʻquvchisi farzandli boʻlgani haqida xabar bergan edik. 

Unda Qamashi tumani, Chim mahallasida joylashgan maktab oʻquvchisi C.C. 2019-yil 8-sinfda tahsil olayotgan paytda oʻzining tengdoshi N.Sh bilan jinsiy aloqa qilib, homilador boʻlib qolgani, jinoyat sodir etgan shaxs oradan shuncha vaqt oʻtgan boʻlsa ham jazoga tortilmaganligi bayon qilingan.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan 2020-yil 6-mart kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi (Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov davomida, N.Sh ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmaganligi sababli, JPKning 84-moddasini 1-qismi 7-bandiga koʻra ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini harakatdan tugatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?