Qashqadaryoda telegram orqali qizning shaxsiy rasmlarini tarqatgan yigitga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

15:56 18 Sentyabr 2022 Jamiyat
701 0

Foto: Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.M. ariza bilan murojaat qilib, arizasida nomaʼlum shaxs telegram messenjeri orqali qizi R.J.ning shaxsiy boshqalarga koʻrsata olmaydigan videotasvirlari va suratlarini tarqatib, sharmanda qilayotganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida video va fotosuratlarni tarqatayotgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi, 1998-y.t., R.S. ekanligi aniqlangan.

R.S.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 141-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli foydalanuvchilar, ijtimoiy tarmoq va messenjerlar orqali begona shaxslar bilan muloqot oʻrnatganda oʻzingizni shaxsiy fotosurat va videolaringizni imkon qadar bermasliklaringizni tavsiya qilamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?