Qashqadaryoda talabalar o‘rtasida kurash musobaqasi tashkil etildi

16:46 20 Aprel 2023 Sport
1274 0

Foto: Xalq so'zi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashabbusi bilan viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kurash bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

“Yangilanayotgan Konstitusiya – yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida tashkil etilgan musobaqada 133 nafar polvon talabalar 66, 73, 90 kilogramm va mutlaq vazn toifalarida g‘oliblik uchun bellashdilar.

O‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Boboxon Jabborov, Jaloliddin Qurbonmurodov, Elbek Ravshanov (barchasi Qarshi Davlat universitetidan) va Zufar Ergashev (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti)ga bosh mukofot – “Rektor kubogi” topshirildi.

Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar sohiblari ham diplom va qimmatbaho sovrinlar bilan ham taqdirlandi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?