Qashqadaryoda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan kredit mablagʻlari maqsadsiz ishlatilgani aniqlandi

10:37 29 Iyul 2022 Jamiyat
244 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida Prezident qarori hamda “Har bir oila tadbirkor” dasturiga asosan kreditlarning ajratilishi ahvoli yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Oʻrganish natijasida mazkur yoʻnalishdagi kreditlar maqsadsiz ishlatilayotgani, taʼminotchi korxonalar tomonidan koʻzda tutilgan tovar va ashyolar fuqarolarga yetkazib berilmagani aniqlandi.

Jumladan, 3 ta tijorat banki (Xalq bank, Agrobank, Mikrokredit bank) mijozlariga 2022-yil 1-choragida ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan 15 ta taʼminotchiga 392 nafar mijoz boʻyicha 11 mlrd. 548 mln. soʻm oʻtkazib bergani, ammo, ushbu kredit yoʻnalishi boʻyicha yetkazib berilgan tovarlar boʻyicha taʼminotchilarning kirim hujjatlari mavjud emasligi, yaʼni ajratilgan kreditlar maqsadsiz yoʻnaltirilgani maʼlum boʻldi.

Qonunbuzilishlar yuzasidan 5 ta taʼminotchining rahbarlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Qolgan 10 ta taʼminotchi va boshqalarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?